“Buxoro neft bazasi” MChJda neft mahsulotlarini talon-taroj qilish holatlari aniqlandi. “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati bu haqda xabar berdi.

Foto: Sputnik

Ma’lum qilinishicha, “Buxoro neft bazasi” MChJda amalda belgilangan me’yoriy hujjatlarga muntazam amal qilmaslik oqibatida 50,5 mlrd. so‘m debitor qarzdorlik yuzaga kelgan. O‘z vaqtida undiruv choralari ko‘rilmagani natijasida, neft bazasi bo‘yicha 984,7 mln. so‘m mablag‘ “umidsiz” qarzga aylanib ulgurgan.

Qayd etilishicha, MChJning 10ta fermerga yoqilg‘i tarqatish shaxobchalari tomonidan jami 1,8 mlrd. so‘mlik 261,7 ming litr yonilg‘i mahsulotlari faoliyati tugatilib bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga rasmiylashtirilgani ham aniqlandi.

Shuningdek, jamiyatning sobiq rahbariyati va muttasaddi xodimlari tomonidan 3,0 mlrd so‘mlik 1 595,3 ming litr neft mahsulotlari fermer xo‘jaliklariga arzon narxlarda rasmiylashtirib jamiyatga zarar keltirgan.