Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 11-yanvar kungi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Foto: “O’ZYOGMOYSANOAT” uyushmasi axborot xizmati

Qayd etilishicha, 2022-yil 30-aprelga qadar quyidagilar QQSdan ozod qilinadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagini olib kirish;
  • o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
  • go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek, ularni mamlakat hududiga olib kirish.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli va uzluksiz ta’minlashga, narx barqarorligini saqlashga, aholi daromadlari oshishiga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tilgan.