3-yanvar kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidan o‘tgan poyezd yo‘lida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti.

temir yo'l poyezd
Foto: Google

Ma’lum qilinishicha, tumanning “Boyovul” MFYda yashagan N.A. temiryo‘l izi atrofida qulog‘iga naushnik taqib, chorva mollarini boqib yurgan vaqtida To‘ytepa—Ozodlik yo‘nalishidan kelayotgan yuk poyezdi urib yuborishi oqibatida vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan 6-yanvar kuni ushbu mahallada baxtsiz hodisa muhokamasi bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilishda fuqarolarga temiryo‘l atroflarida naushniklardan foydalanmaslik, yo‘lovchi va yuk poyezdlarining xavfsiz harakatlanishini taminlash maqsadida temiryo‘l izining belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik bo‘yicha tushunchalar berilgan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Xorazmda “Cobalt” avtomobili poyezd bilan to‘qnashgani xabar berilgandi.