O‘zbekistonda yangi qonun kuchga kirib, barcha telefon qo‘ng‘iroqlari yozib olinishi va ijtimoiy tarmoq sahifalari kuzatuv ostida bo‘lishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Foto: Antifake

Telegramdagi Antifake kanali soxta axborotlarga raddiyalar uchun ushbu xabarlarni rad etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallarida yangi qonun kuchga kirishi natijasida endilikda barcha telefon qo‘ng‘iroqlari yozib olinishi va barcha ijtimoiy tarmoq sahifalari kuzatuv ostida bo‘lishi to‘g‘risidagi xabarlar yolg‘on va xaqiqatga mos kelmaydi.

“Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud”, – deyiladi raddiyada.

Avvalroq talabalarga xorijdagi o‘qishini O‘zbekistonga imtihonlarsiz ko‘chirishga ruxsat berilgani haqidagi xabarlar feyk ekani ma’lum qilingan edi.