Samarqand viloyati Paxtachida oʻgʻrilik sodir qilgan shaxs IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Bu haqda viloyati IIB xabar berdi.

Foto: Izvestiya

Paxtachi tuman IIBga tumaning Gulshan mahallasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2022-yilning 8-yanvar kuni soat 17:00 dan 22:00ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida nomaʼlum shaxslar yashash hovlisida hech kim yoʻqligidan foydalanib, devor oshirib kirib, uyidan 60 million soʻm pullarini oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Paxtachi tumani Toma mahallasida istiqomat qiluvchi, 1997-yilda tugʻilgan E.Gʻ. sodir qilganligi aniqlanib, undan 54 million 500 ming soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.