Kecha, 10-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201 155 (+425) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Yangi kasallanish holatlarining: 

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 15 nafari Andijon viloyatida;
  • 8 nafari Buxoro viloyatida;
  • 21 nafari Jizzax viloyatida;
  • 20 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida;
  • 6 nafari Namangan viloyatida;
  • 47 nafari Samarqand viloyatida;
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 8 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 22 nafari Xorazm viloyatida;
  • 43 nafari Toshkent viloyatida;
  • 223 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Kecha kun davomida: 

  • • Andijon viloyatida 12 nafar;
  • • Buxoro viloyatida 1 nafar;
  • • Jizzax viloyatida 14 nafar;
  • • Qashqadaryo viloyatida 20 nafar;
  • • Navoiy viloyatida 2 nafar;,
  • • Namangan viloyatida 8 nafar;
  • • Samarqand viloyatida 24 nafar;
  • • Farg‘ona viloyatida 9 nafar;
  • • Xorazm viloyatida 20 nafar;
  • • Toshkent viloyatida 16 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197308 (+126) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda. 

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1501 nafarni tashkil qildi.