Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo’mart To‘qayev bugun, 11-yanvar kuni Alixan Smoilovni Qozog‘iston Bosh vaziri etib tayinladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 

“Smailov Alixan Asxanovich Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlansin”, – deyilagan hujjatda. 

Avvalroq, parlament quyi palatasi uning nomzodini ma’qullagan edi. Yig‘ilish “Xabar-24” telekanali orqali namoyish etildi. To‘qayev parlamentda videomuloqot orqali so‘zga chiqib, deputatlarga hukumat rahbari lavozimiga Smoilov nomzodini ko‘rib chiqishni taklif qildi. 

5-yanvar kuni noroziliklar kuchayib borayotgan bir paytda To‘qayev Asqar Mamin boshchiligidagi sobiq hukumat iste’fosini qabul qilgandi. O‘shandan beri vazirlar yangi Vazirlar Mahkamasi tayinlangunga qadar vazifasini bajaruvchi maqomida ishlashda davom etishdi. Va Mamin o‘rniga Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Alixon Smoilov Bosh vazir bo‘ldi.

Smoilov 49 yoshda, 2020-yil may oyidan beri Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bungacha u Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – Moliya vaziri, turli yillarda Qozog‘iston Moliya vaziri, Prezident yordamchisi lavozimlarida ishlagan.