“Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmidagi o‘g‘ri Jorj Miroslavskiy roli ijrochisi Leonid Kuravlev og‘ir ahvolda Moskva shifoxonasiga yotqizildi. Bu haqda StarXit xabar berdi.

Foto: 366days

Aktyor 6-yanvar kuni tibbiy muassasaga yotqizilgan, uning COVID-19 testi ijobiy natija bergan, nafas olishi og‘irlashgan.

Qayd etilishicha, 85 yoshli Kuravlev hozirda jonlantirish bo‘limida, uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

“U kislorodda, o‘pkalari shikastlangani uchun kechayu kunduz shifokorlar nazoratida. Saturatsiyasi normal holatga qaytdi, harorati va qon bosimi ham pasaygan”, degan Yangi Moskva shifoxonasidagi manba.

Shuningdek, aktyor kasalxonaga yotqizilishidan oldin gipertoniya tufayli qiyinchiliklarga duch kelgani, tez-tez boshi aylangani ma’lum qilingan.

Kuravlevning farzandlari, o‘g‘li Vasiliy va qizi Yekaterina uning holidan xabardor bo‘lib turgani aytilgan.