Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Farg’ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: RBK

Fargʼona shahrida 2021-yilning 31-dekabr kuni fuqaro K.M IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning avgust oyida nomaʼlum shaxs shahar markazida Gulshan MFY hududida ishonchiga kirib, 500 АQSh dollari evaziga ukasini Koreya davlatiga ishga yuborishni aytib, pullarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʼli bilan qoʼlga kiritgan pullarni oʼz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, yuqorida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Surxondaryoda ham Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilb, fuqarolarni 4100 dollarga “uxlatgan” shaxs ushlani xabar berilgandi.