O‘zbekistonda doimiy aholi soni ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Adliya vaziri matbuot kotibi Telegram kanali

Unga ko’ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda Respublikasining doimiy aholisi 35 271 276  kishini tashkil etmoqda.

Qayd etilishicha, shahar joylarda – 17,9 million kishi, qishloq joylarda – 17,4 million kishi istiqomat qiladi.

Avvalroq, 20 yil ichida 1 milliondan ortiq odam O‘zbekistonni tark etgani xabar berilgandi.

2000-2020 yillar oralig‘ida 1 milliondan oshiq O‘zbekistonda doimiy yashovchilar xorijga ko‘chib ketdi. Ko‘chib ketganlar O‘zbekistonga ko‘chib kelganlarga nisbatan 11 barobar ko‘proqni tashkil etgan.

O‘zbekistonga xorijdan ko‘chib kelganlar 2000-2020 yillar oralig‘ida 99 341 nafarni tashkil etdi. Bu davrda eng ko‘p ko‘chib keluvchilar 2005 yilga to‘g‘ri kelgan – 7179 kishi.

Eng kam ko‘chib kelish esa 2020 yilga to‘g‘ri keladi. Pandemiya davrida O‘zbekistonga 1 105 kishi ko‘chib kelgan.