Avvalroq ijtimoiy tarmoqlar orqali “Olmazor tumanida bir nechta mashinalar o’rtasida YTH ro’y bergan, haydovchilar ahvoli haqida ma’lumot yo’q” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar bo’yicha YHXBB ma’lumot berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 10-yanvar kuni soat 22:20larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, Chimboy ko‘chasida, 222-uy ro‘parasida “Matiz” va ikkita “Nexia-3” rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida ikki nafar haydovchi va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda voqea joyida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.