Taniqli xonanda Sanobar Matmurodova 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Karimberdi To‘ramurodga tayanib Xabar.uz ma’lum qildi. 

Foto|: YouTube

Sanobar Matmurodova 1968-yilda Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida tug‘ildi. 12 yoshida tor chalishni o‘rgandi, O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitovaga shogird tushgan.

1994-yilda Samarqand davlat universitetining musiqa fakultetida tahsil oldi.

Shundan keyin uning hayoti bevosita Samarqand bilan bog‘landi. Shu yerda yashadi, shu yerda ijod qildi, el xizmatida bo‘ldi, xalqqa tanildi, muxlislar orttirdi.

San’atkorning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.