Navoiy viloyati Navbahor tumanida turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan ikki bolaning onasiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Yangi davr” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Foto: IIV axborot xizmati

Qayd etilishicha, 1-avgust kuni tumanning “Kelachi” mahallasida yashovchi ayol o‘zaro mojarodan g‘azablanib, uxlab yotgan erining bo‘yniga bolta bilan urgan. Erkak birinchi zarbadayoq o‘lishiga qaramay, tanaga yana 13 marta zarba bergan.

So‘ng tanasiga qon sachragan o‘g‘lini yuvintirib, ota uyiga ketgan. Jinoyat izini yo‘qotish uchun kelinlik uyiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan, ammo uddalay olmagan.

Sud unga nisbatan 16 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.