O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27 yanvar kunlari Hindistonga safar qilishi kutilmoqda. Bu haqda hind matbuoti xabar berdi.

Foto: Aziza Qurbonova

Ma’lum bo‘lishicha, shu kunlari hind diyorida respublika kuni milliy bayrami nishonlanadi. Yangi Dehli Markaziy Osiyodagi 5 ta davlat rahbarlarini mazkur marosimga taklif qilgan.

Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham mamlakatdagi vaziyatga qaramay, rejadagidek Hindistonga safar qilishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev 2019-yil yanvarda ham ushbu mamlakatga borib, “Jo‘shqin Gujarat” xalqaro investitsiya forumida ishtirok etgan edi.