Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, YPX xodimi boshqaruvidagi avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lganligi yuzasidan ma’lumot berildi.

Foto: Skrinshot

IIV YHXBB xabariga ko’ra, o’tgan yilning 8-dekabr kuni soat 11:40larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Mustaqillik ko‘chasida haydovchi, 1985-yilda tug‘ilgan Sh.M. “Damas” rusumli avtomobilni boshqarayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda bo‘lgan, YPX xodimi R. Tursunov boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomobilning orqa tomoniga to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

YTH natijasida “Damas” rusumli avtomobilda bo‘lgan bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.