Respublika maxsus komissiyasi nodavlat ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til muddatini uzaytirish haqidagi taklifni ma’qulladi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xabar berdi.

Foto: Pexels

Unga ko’ra,, nodavlat ta’lim tashkilotlarida ham 2022-yil 24-yanvarga qadar o‘quv jarayoni tashkil qilinmaydi.

Bungacha ushbu masala tavsiya sifatida bildirilgan, shu sababli ayrim xususiy maktablarda bugundan dars jarayonlari boshlangan edi.

Avvalroq, Xususiy maktablarda ham qishki ta’til muddati uzayishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.