Avvalroq KXSHTning navbatdan tashqari sammitida ishtirok etgan Belarus Prezidenti Qozog‘istondagi vaziyatdan avvalo O‘zbekiston saboq chiqarishi kerakligini, ekstremistlar diqqati Markaziy Osiyoning o‘rtasidagi davlatga qaratilganini aytgan edi.

Foto: O’zA

Lukashenkoning bu gaplarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev bee’tibor qoldirmadi. Unga yaxshigina javob qaytardi.

“O‘zbekiston suveren mamlakat. Janob Lukashenko va boshqalar o‘zga mamlakatlarni nimagadir da’vat qilishda eng kamida o‘sha suverenitetni unutmasliklari zarur. Chunki bizningcha Belorus ham O‘zbekiston kabi suveren mamlakat va uning xalqi ham boshqalar kabi hurmatda bo‘lishni istaydi”, deb yozadi deputat Kusherbayev.

Bu shaxsiy fikrim, deya so’zlarini yakunlagan Rasul Kusherbayev.