Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning betobligi va Germaniyada davolanayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati

Tarmoq kuzatuvchilari orasida viloyat hokimi insult oqibatlarini bartaraf etish uchun xorijga ketgan bo‘lishi ham mumkin, degan gaplar ham bo‘lgan.

Ammo bu kabi shov-shuvli xabarlarga Turdimov jim qarab turmadi. Viloyat hokimi ushbu xabarga Facebook’dagi rasmiy sahifasi orqali javob yozdi.

“Hozir rasman mehnat ta’tilidaman. Samarqand viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarish birinchi o‘rinbosarim O‘roqov Jamshid Rajabovich zimmasiga yuklatilgan. Nazarimda, har xil gap so‘zlarga hojat yo‘q”, deya javob qoldirgan hokim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev ta’tilga chiqqani hamda qisqa muddatli ta’tildan qaytgani haqida xabar berilgandi.