O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (11-son, 10.01.2022 y.) qabul qilindi.

Foto: Sputnik

Qarorga muvofiq X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda Odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.

Adliya vazirligi:

  • 2022-yil 1-iyulgacha Samarqanddagi, 2022-yil 1-dekabrgacha Farg‘onadagi, 2024-yil 1-sentabrgacha ekspertiza bo‘limlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi;
  • 2022-yil 1-noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza bo‘limini zarur texnikalar bilan ta’minlaydi;
  • 2023-yil 1-yanvargacha sud ekspertiza xulosalarini xalqaro tan olinishini ta’minlash uchun Sud-fonografiya va Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazadi.