Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sherikligining hozirgi holati va aloqalarni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga alohida e’tibor qaratishgan.

Tez orada savdo-iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari boshchiligidagi ushbu mamlakat hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.

Tashrif doirasida turli sohalarda aniq loyihalar ijrosi ham ko‘rib chiqilishi aytilgan.