AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev javob qaytardi.

Foto: Google

“Samolyotda bemor bilan birga kelgan 200 kishi karantinga olingan. 130 nafar O‘zbekiston fuqarolari uy, 70 nafar xorijiy fuqarolar mehmonxona sharoitida karatinga olingan. Omikron shtammi, dastlab, 7-yanvar kuni aniqlandi.

Biroq ushbu diognoz bo‘yicha dunyoning yetakchi mutaxassislari bilan maslahatlashish, uzoq tekshiruvlar o‘tkazish va uni tasdiqlash bilan bog‘liq jarayonlar tufayli uni o‘z vaqtida e’lon qilish imkoni bo‘lmadi va ikki kundan so‘ng jamoatchilikka ma’lum qilindi”.

Eslatib o‘tamiz, SSV “omikron” shtammi haqida kecha, 9-yanvar kuni ilk bor xabar berdi.