“Ural Airlines” 14-yanvardan Qozog‘istonga va teskari parvozlarni qayta tiklaydi, deb xabar berdi “Kommersant”ga aviakompaniya matbuot xizmati.

Foto: Sputnik

“S7 Airlines” aviakompaniyasi ham Qozog‘istonga o‘zining barcha reyslari, shuningdek, Moskva – Nur-Sulton yo‘nalishi bo‘yicha va teskari reyslar uchun chiptalarni sotuvga qaytaradi. 9-yanvar kuni Aeroflot Qozog‘istonga parvozlar qayta tiklangani haqida ma’lum qilgan.

“Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar jadval bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan”, — degan “S7 Airlines” matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, mamlakatdagi tartibsizliklar sababli tashuvchilar 6-yanvardan boshlab Qozog‘istonning bir qancha aeroportlariga parvozlarni to‘xtatgan edi.

Endi esa Moskva, Jukovskiy, Yekaterinburg, Ural aviakompaniyalari Nur-Sulton, Chimkent va Ostonaga parvoz qiladi, deya qo’shimcha qilingan xabarda.