Vladimir Putin SSSR tarkibida bo‘lgan mamlakatlar ustidan Rossiyaning ta’sir doirasini tiklashni istaydi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken da’vo qildi, deb xabar berdi Kommersant.

Foto: RIA Novosti

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi siyosat beqarorlikka va jahon urushlariga olib keladi. AQSh davlat kotibi bu kabi bayonotni Rossiya ishtirokida o‘tkaziladigan qator uchrashuvlar oldidan ma’lum qilgan. Mazkur uchrashuvlarda Rossiyaning sobiq ittifoq davlatlarini NATOga qo‘shmaslik talabi ham muhokama etiladi.

“O‘ylashimcha, ha”, degan Blinken sobiq mudofaa vaziri Leon Panettaning fikrlariga qo‘shilish-qo‘shilmaslik borasidagi savolga. Oldinroq u Vladimir Putin SSSRni qayta tiklash niyatida ekanini bildirgandi. “Fikrimcha, bu prezident Putinning maqsadlaridan biri: sobiq sovet davlatlari ustidan ta’sir doirasini qayta tiklash”, degan davlat kotibi CNN’ga bergan intervyusida.

Entoni Blinken bunday niyatni nomaqbul deb atagan.

“Biz ta’sir doiralar dunyosiga qayta olmaymiz. Bu beqarorlik, mojaro retsepti, jahon urushlariga olib kelgan retsept. Bunga qaytishni istamaymiz”, deydi u.

10-yanvar kuni Jenevada Rossiya—Amerika muzokaralarining asosiy raundi, 12 va 13-yanvar kunlari Bryusselda Rossiya kengashi—NATO va Venada YeXHT muzokaralarini o‘tkazadi.