Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi maktab yaqinida ro‘y bergan portlashda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi va to‘rt kishi jarohatlandi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligi.

Foto: Telegram

Hodisa bugun mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:00 Lalpur okrugida sodir bo‘lgan. Xabar qilinishicha, minomyot snaryadlari portlagan.

“Portlash oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohatgan”, degan muxbir.

Hodisa tufayli jarohat olganlar voqea joyiga eng yaqin bo’lgan kasalxonaga yotqizilgan.