Buxoro viloyati Jondor tumanida o‘tkazilgan “Oriyat” tadbiri davomida o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Buxoro IIB matbut xizmati xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotlar asosida o‘tkazilgan “Oriyat” tezkor profilaktik tadbiri davomida, tumanning Qozoqon mahallasida yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan B.H. ismli shaxs o‘zi istiqomat qilayotgan xonadonida bir ayol va erkakning jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun 50 000 so‘m naqd pullar evaziga sharoit yaratib berib fohishaxona tashkil qilganligi fosh qilingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.