Buxoro viloyati Romitan tumanida joriy yilning 4-yanvar kuni soat 22:00larda mudhish hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda O’zA xabar berdi.

Foto: Google

Tumanning Sho‘rcha mahallasida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro H.N. spirtli ichimlik iste’mol qilib akasining uyiga boradi.

Akasining xotini 1982-yilda tug‘ilgan fuqaro K.D. bilan janjallashib qoladi. Janjal davomida jahlini jilovlay olmay oshxona pichog‘i bilan yangasining chap ko‘krak pastki qismiga ikki marotaba, o‘ng ko‘krak pastki qismiga bir marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazadi.

Hozirda jabrlanuvchi tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro H.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.