KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev Rossiya va Belarus rahbarlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoga yordam va harbiy birodarlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

foto: Google

“Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putinga Qozog‘istonga KXShT tinchlikparvar kontingentini yuborish masalasini tushunganligi va tezkor hal qilgani uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Siz bilan, Vladimir Vladimirovich, biz mamlakatimizda sodir etilgan teraktning dastlabki kunlaridanoq doimiy aloqada bo’ldik. Sizga va Aleksandr Grigoryevichga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, degan Qozog‘iston prezidenti.

Shuningdek, u Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari Sadir Japarov va Emomali Sharipovich Rahmonga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

To’qayev Qozog‘iston uchun KXShT bo‘yicha hamkorlarni nafaqat harbiy, balki ma’naviy qo‘llab-quvvatlash muhimligini, barcha ishtirokchi davlatlar Qozog‘istonning tinchlikparvar kuchlarni olib kirish haqidagi murojaatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

Tashkilotga aʼzo barcha davlatlar birlashgan front boʻlib, Qozogʻiston murojaatini qizgʻin qoʻllab-quvvatladi”, degan u.

Prezident yanvar oyi boshida Qozog‘iston keng ko‘lamli inqirozni boshidan kechirganini, bu mamlakat mustaqilligining butun tarixidagi eng og‘ir inqirozga aylanganini aytgan. To’qayevga ko‘ra, Qozog‘iston rasmiylari namoyishchilarning barcha qonuniy talablarini bajargan.

“Mitinglar boʻlib oʻtdi, ularda ishtirokchilar ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy talablarni ilgari surdilar, ularning barchasi davlat tomonidan eshitildi va bajarildi”, deya qo’shimcha qilgan To’qayev.