Rossiya rahbari Vladimir Putin ijtimoiy tarmoqlar orqali Qozog‘istondagi tartibsizliklar uchun jangarilar yollanganini ma’lum qildi

Foto: RIA Novosti

“Maʼlum kuchlar Qozogʻistondagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali yollanma askar va jangarilarni qidirishdan tortinmadi”, degan Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

“Qozog‘istondagi so‘nggi voqealar tajribasi tasdiqlaydi: ma’lum kuchlar ekstremist va terrorchilarni yollash, jangarilarning yacheykalarini yaratishda kibermakon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishdan qochmayapti”, degan Putin KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqida.

Yanvar oyi boshida Qozog‘istonda gaz narxi oshishiga norozilik sifatida namoyishlar boshlandi. Ko‘p o‘tmay namoyishlar to‘lqini butun respublikaga yoyildi, eng jiddiy voqealar Olmaotada bo‘lib o‘tdi. Bu orada Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqarildi, mamlakatda favqulodda holat rejimi va komendantlik soati joriy etildi. Qozog‘istonga KXShT tinchlikparvar kuchlari yuborildi.