Joriy yilning 9-yanvar kuni FVVning Buxoro viloyati boshqarmasi navbatchi dispetcherlik xizmatiga Buxoro shahri “Talija” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalga “Spark” rusumli avtomobil tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Foto: FVV axborot xizmati

Zudlik bilan voqea joyiga podpolkovnik G‘. Safoyev boshchiligidagi qutqaruv otryadi yetib borgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus texnikasi va g‘avvoslar, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda 30 daqiqa davomida olib borilgan harakatlar natijasida avtomobil suvdan olib chiqilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi to‘xtash vaqtida qo‘l tormozini tortishni unutgani sababli kanalga tushib ketgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo‘lganlar yo‘q.