Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Google

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma’lum qilishicha, Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, fuqaro N.N. fuqarolar U.M. va I.M.larning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish evaziga jami 4 100 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish huquqiga ega yagona tashkilot Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisoblanadi, boshqa shaxslarning bunga vakolati yo‘q.