Joriy yilning 14 mart kuni soat 11:40 larda Toshkent shahri, Uchtepa tumani «Cho‘pon ota» MFY hududida joylashgan «Aksava» MChJga qarashli ikki qavatli avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi 2 ta boksining derazasi, devorlari qisman qulash sodir bo‘lgani va bunga kislorod yoki gaz ballonining portlashi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

O’zbekiston FVV axborot xizmati xabariga ko’ra, ushbu voqea natijasida 2 kishi halok bo’ldi, 4 kishi turli xil tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.

Portlashdan avtoservis binosining bir qismi qulab tushgan. FVVning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, hodisa joyida favqulodda qutqaruv xizmatlari va boshqa tuzilmalar vakillari ishlamoqda. Binoning qulagan qismlarini tozalash jarayonida soat 20:00 atrofida uchinchi qurboning jasadi topildi.

Hozirda favqulodda vaziyatning sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.