Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qosim-Jo’mart To’qayevga tartibsizliklar paytida odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Japarov qardosh Qozog‘iston xalqiga barqarorlik, birdamlik va tinchlik tilagan.

Foto: Google

“Umumxalq motam kunida tinch aholi va fuqarolar oʻrtasida koʻplab qurbonlar boʻlganligi munosabati bilan sizga va sizning shaxsan butun birodar Qozogʻiston xalqiga Qirgʻiziston Respublikasi xalqi nomidan va shaxsan oʻz nomimdan chuqur hamdardlik bildiraman. Qozog‘iston Respublikasi huquq-tartibot idoralari vakillari”, degan Qirg’iziston davlat rahbari

U halok boʻlgan qozogʻistonliklarning qarindoshlari va yaqinlariga samimiy qoʻllab-quvvatlash soʻzlarini yetkazishni, shuningdek, tartibsizliklar natijasida jabrlanganlarning sogʻayib ketishini soʻragan.

Yanvar oyi boshida Qozog‘istonda gaz narxi oshishiga norozilik sifatida namoyishlar boshlandi. Ko‘p o‘tmay namoyishlar to‘lqini butun respublikaga yoyildi, eng jiddiy voqealar Olmaotada bo‘lib o‘tdi. Bu orada Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqarildi, mamlakatda favqulodda holat rejimi va komendantlik soati joriy etildi. Qozog‘istonga KXShT tinchlikparvar kuchlari yuborildi.