Avvalroq, 2021-yil 29-dekabr kuni, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan 44-sonli JIEK va Bo‘ka tumanida joylashgan 43-sonli JIEKdan 1987-yilda tug‘ilgan A.M., 1992-yilda tug‘ilgan U.A. va 1997-yilda tug‘ilgan U.I. lar qochib ketgani xabar berilgandi.

Foto: IIV axborot xizmati

Ular dastlab 4-yanvar kuni kechki soat taxminan 20:00larda Namangan-Toshkent yo‘nalishida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi Nasim Shomatov uch yigitni Toshkent shahriga olib borib qo‘yish uchun 360 000 so‘mga kelishadi.

“Cobalt” rusumli avtomashina Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga yetganida, yo‘lovchilar haydovchiga jismoniy kuch ishlatib, bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib hushidan ketkazgan. 

Aholi yashash punktidan uzoqda bo‘lgan keng dala maydoni atrofida jabrlanuvchining qo‘l-oyoqlarini bog‘lab, og‘iz sohasini skotch yordamida yopib, unga tegishli bo‘lgan 500 dollar miqdoridagi pullar, REDMI NOTE-9 markali telefon, bosh va oyoq kiyimlarini olib, bog‘langan haydovchini avtomashina yukxonasiga joylashtirib, Jizzax tomon yo‘lda davom etishadi.

Ushbu bosqinchilik jinoyatini sodir etib yurgan shaxslar jinoiy faoliyatini davom ettirib, 7-yanvar kuni, Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Voxim MFY, Soyguzar ko‘chasida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan M.O. bilan yo‘l kira narxini kelishgan holda Toshkent shahriga olib borib qo‘yishini so‘rashgan.

Ammo, Toshkent viloyati, Qibray tumani hududida haydovchiga xujum qilib, 11 650 AQSh dollari va “SAMSUNG” rusumli uyali telefonini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uning og‘zi, ikkala qo‘l va oyoqlarini bog‘lab, boshqaruvida bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashinaning orqa yukxonasiga solib, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, O‘rtamasjid MFY, Uysozlar ko‘chasiga tashlab, voqea joyidan qochib yashirinishgan.

Ushbu holatlar yuzasidan tezkor harakatlar olib borilib, bosqinchilik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlangan fuqarolar bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda e’lonlar berilgandi. Shundan so‘ng, gumonlanuvchilardan biri, 1997-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan besh marotaba sudlangan U.I haydovchilar ko‘magida Farog‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida ushlanib IIBga topshirilgan.

Kecha soat 20:45larda PPX xodimlari Sh. Meliqo‘ziyev va X. Xo‘jaqulovlar tomonidan, 1992-yilda tug‘ilgan, bosqinchilikda gumonlangan U.A. Qo‘qon shahridagi “Troya” nomli tungi klub atrofida ushlangan.

10-yanvarga o‘tar kechasi esa tezkor qidiruv ishlari mobaynida, PPX xodimlari M.Sultonov, M.Boynazarov hamda R.Esonaliyevlar tomonidan, 1987-yilda tug‘ilgan, bosqinchilikda gumonlangan A.M. Qo‘qon shahar, Charhiy mavzesida ushlangan.

“Mazkur gumonlanuvchilarning qo‘lga olinishida o‘z hissasini qo‘shgan jamoatchilik vakillari hamda faollik ko‘rsatgan xodimlarga minnatdorchilik bildiramiz”, – deyiladi IIV xabarida.