O‘zbekiston 11 oyda xorijdan 27,6 ming tonna go‘sht import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Biznes onlayn

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijdan 27,6 ming tonna go‘sht import qilgan.

Go‘sht importi 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,4 ming tonnaga oshgan.

2021-yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p go‘sht import qilgan davlatlar: 

  • Belarus – 18,7 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 4,2 ming tonna;
  • Ukraina – 2,6 ming tonna;
  • Rossiya – 629 tonna;
  • Moldova – 660 tonna.

O‘zbekistonda 2021-yilning 9 oyida 1,9 mln tonna go‘sht yetishtirilgan.