Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov qisqa muddatli ta’tilga chiqdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Foto: RIA Novosti

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 10-yanvardan boshlab qisqa muddatli ta’tilga chiqdi”, — dedi matbuot xizmati vakili.

Unga ko‘ra, davlat rahbari “mamlakat va mintaqadagi vaziyat to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olishda davom etadi, Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari rahbariyati bilan doimiy aloqada bo‘ladi”.

Ushbu ta’tilga chiqish sabablari haqida hech qanday xabar berilmagan.