O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qishki ta’til uzaytirilgani o‘qituvchilarning maoshiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Qayd etilishicha, umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun beriladigan qo‘shimcha ta’til kunlari davomida xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi to‘lovlari saqlangan holda to‘lab boriladi, ya’ni oylik maoshga ta’sir qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida va oliy ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati joriy yilning 24-yanvariga qadar uzaytirilgani xabar berilgandi.