AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus sinovidan o’tdi, ammo hozircha natija yo’q. Bu haqida u shanba kuni Oq uydagi brifingda ma’lum qildi.

Foto: RIA novosti

Trampning so’zlariga ko’ra, brifingdan oldin u “mutlaqo normal” bo’lgan haroratni o’lchagan.

“Men ham kecha (koronavirus uchun) testdan o’tdim”, dedi AQSh prezidenti. U juma kuni bo’lib o’tgan matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan berilgan ko’plab savollarni hisobga olgan holda, buni u qilganini aytdi.