Bugun yurtimizga 500 400 doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Bu 2022-yil hisobidan keltirilgan ilk vaksinadir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Google

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 536 768 dozani tashkil qilmoqda.

Ularda:

  • 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
  • 37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi “Sputnik V”;
  • 3 500 460 dozasi Moderna;
  • 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  • 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan qariyb 40 million dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.