O’zbekistonda 9-yanvar kuni qariyb 400 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda sog’liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Foto: O’zA

2022-yil 9-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 200730 (+389) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 18 nafari Andijon viloyatida;
  • 10 nafari Buxoro viloyatida;
  • 21 nafari Jizzax viloyatida;
  • 2 nafari Navoiy viloyatida;
  • 7 nafari Namangan viloyatida;
  • 44 nafari Samarqand viloyatida;
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 11 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 25 nafari Xorazm viloyatida;
  • 51 nafari Toshkent viloyatida;
  • 193 nafari Toshkent shahrida.

9-yanvar kun davomida:

  • Andijon viloyatida 16 nafar;
  • Buxoro viloyatida 7 nafar;
  • Jizzax viloyatida 13 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 5 nafar;
  • Navoiy viloyatida 5 nafar;
  • Namangan viloyatida 8 nafar;
  • Samarqand viloyatida 12 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 6 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar;
  • Toshkent viloyatida 32 nafar bemor tuzalgan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 197 182 (+109) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.