AQShning Nyu-York shahri meri Erik Adams bugun Bronksdagi yong‘inda 19 kishi va 9 nafar voyaga yetmagan bolalar halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Foto: Google

Bugun biz 19 nafar qo‘shnimizdan ayrildik. Bu juda katta fojia. Keling yo’qotganlarimiz uchun, ayniqsa 9 nafar begunoh yosh bolajonlar uchun duo qilaylik“, deb yozgan Adams o’zining Twitter sahifasida.

Ushbu qurbonlar haqida rasmiy manbalarga tayanib, ABC News xabar bergan.

Avvalroq 63 kishi tutun va yong‘indan turli tan jarohatlari olgani ma’lum qilingan. Kamida 32 kishi hayot uchun xavfli jarohatlar bilan shahar shifoxonalariga yetkazilgan. Telekanal maʼlumotlariga koʻra, shahar hokimiyati bu yongʻinni soʻnggi 30 yildagi eng dahshatli yongʻin deb atamoqda.