14-18 yanvar kunlari respublika hududlariga ketma-ket nam havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov xabar berdi.

obhavo yomgir
IIV YHXBB Axborot xizmati

14-18 yanvar kunlari g‘arbdan O‘rta Yer dengizi hududlaridan Kavkaz va Kaspiy dengizi orqali ketma-ket nam havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

Nam havo oqimlaridan asosan yomg‘ir yog‘adi. Tog‘larda esa qor va shu 4-5 kunlikda baland tog‘larda yaxshigina qor qoplami shakllanadi.

Respublika hududlarida yog‘ingarchilik miqdori turlicha kuzatiladi. 17-19 yanvar kunlari nam havo oqimining so‘nggi bosqichlarida shimoli-g‘arbdan sovuq antitsiklon ta’siri nam oqimga biroz ta’sir ko‘rsatib, uni mintaqadan ”haydab chiqaradi”. Bu paytda nam havo oqimlardan ko‘p hududlarda qor yog‘ishi mumkin.