Rossiyaning Moskva shahridan Toshkentga uchayotgan samolyot bortdagi ahvoli og‘irlashgan yo‘lovchi sabab Qozon shahriga rejadan tashqari qo‘ndi. Bu haqda Telegram’dagi Aviaincident kanali xabar qildi.

Foto: RIA Novosti

Xabarga ko‘ra, “Uzbekistan Airways”ga tegishli HY604 samolyoti 8-yanvar kuni Moskva vaqti vilan 11:10 da Domodedovodan Toshkentga parvoz qilgan. Parvoz paytida bortdagi yo‘lovchining ahvoli og‘irlashib, o‘lish xavfi paydo bo‘lgan.

Shu sabab samolyot ekipaji “PAN” signalini e’lon qilib, Qozon shahriga qo‘nishiga to‘g‘ri kelgan.

U yerda yo‘lovchi kasalxonaga olib ketilgan. Samolyot 14:57da Toshkentga uchib, 17:05da yetib kelgan.