Rossiyada o‘zbekistonlik 29 yoshli erkak odam pichoqlab o‘ldirganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda Konkretno xabar berdi.

Foto: TASS

Ma’lum qilinishicha, hodisa 7-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Marhum va o‘zbekistonlik erkak o‘rtasida avtomobilda mojaro kelib chiqqan. Oqibatda erkak raqibiga pichoq bilan bir necha marta jarohat yetkazgan.

Keyin qotillikda gumonlanuvchi mashinadan tushib, uyiga ketgan. Mashina ichida bo‘lgan voqea guvohlari jabrlanuvchini tibbiy muassasaga olib ketgan.

Biroq ko‘rsatilgan yordamga qaramay, erkak vafot etgan. Holat yuzasidan tezkor guruh 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sh.R.ni qo‘lga olgan. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qotillik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Rossiyadagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgani xabar berilgandi.