Institut 2029-yilda Yerga yaqinlashadigan Apofis asteroidi haqidagi ma’lumotlarga ham aniqlik kiritgan. Bu haqda “Roskosmos” federal kosmik agentligiga tayanib, TASS yozmoqda.

Foto: O’zA

Rossiya Fanlar akademiyasining Amaliy matematika instituti 2095-yilda 2021 UL 17 asteroidining Yerga xavfli yaqinlashishi haqida xabar berdi.

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2095-yilning 5-aprelida Yerga xavfli yaqinlashish bashorat qilinmoqda va hozirgi vaqtda to‘qnashuv ehtimoli bor-yo‘g‘i 0,02 foizni tashkil etadi”, — deya ta’kidlanadi “Roskosmos” ma’ulmotida.

Institut 2029-yilda Yerga yaqinlashadigan Apofis asteroidi haqidagi ma’lumotlarga ham aniqlik kiritdi. Ular to‘qnashuv ehtimoli “juda kichik” ekanligini ta’kidladilar.