Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev kasalligi tufayli xalq oldiga chiqmayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda uning sobiq maslahatchisi Yermuxamet Yertisbayev “Atameken biznes” telekanali efirida aytib o‘tgan.

Foto: Google

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda tartibsizliklarning boshlanishiga ham birinchi prezident sog‘lig‘ining yomonlashgani sabab bo‘lgan.

“U og‘ir kasal bo‘lib qolishi bilanoq olomon ichida turgan bezovta guruh janjal, qurolli isyon uyushtirishga qaror qildi”, degan maslahatchi.

Namoyishchilarning maqsadi, Yertisbaevning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning amaldagi rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevni hokimiyatdan ag‘darish.

Siyosatshunosning ishonchi komilki, agar sog‘lig‘i Nazaraboyevga imkon berganida, u xalqqa siyosiy murojaat qilgan bo‘lardi.

Ta’kidlanishicha, Yertisbayev oshkor etilgan ma’lumotni o‘zining shaxsiy fikri deb atagan va Nazarboyevning kasalligi haqida aniq ma’lumotlarga ega emasligini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Nursulton Nazarboyevning qayerda ekani ma’lum bo‘lgandi.