Xitoylik olimlar 2020-yilda “Chan’e-5” sayyoralararo avtomat stansiyasi yordamida Yerga keltirilgan Oy tuprog‘i namunasida suv topishdi. Bu haqda Science Advances xabar berdi.

Foto: Alpha Coders

Namunadagi suvning ulushi 120 millionga birni tashkil etgan. U quyosh shamoli tufayli paydo bo‘lgani aytilmoqda.

Ushbu tuproq namunasi Oydagi Bo‘ronlar okeanining shimoliy qismidan olingan.

Bo‘ronlar okeani — Oydagi eng yirik dengiz, tabiiy yo‘ldoshning bizga ko‘rinib turgan qismining g‘arb tomonida joylashgan. Shimoldan janubga 2 500 kilometrga cho‘zilgan bo‘lib, jami maydoni — 4 mln. kv. km. Xuddi Oydagi boshqa dengizlar kabi, Bo‘ronlar okeani ham qotib qolgan bazalt lavasi bilan qoplangan tekislikdan iborat.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Oyning orqa tomonidagi “sirli obyekt” nima ekani ma’lum bo‘lgani xabar qilingandi.