Pokistonning Murri shahrida qor ko‘chkisi natijasida 20 nafardan ziyod odam halok bo‘ldi, deb xabar berdi BBC.

Foto: AP

Ular o‘tirgan avtomobillar qor ostida qolib ketgan. Mahalliy hukumatning ma’lumotiga ko‘ra, hozircha 21 kishining o‘limi tasdiqlangan.

Mingga yaqin mashina qor ostida qolib ketgani aytilmoqda. 

Mamlakat Bosh vaziri Imron Xon “dahshatli fojia”dan chuqur qayg‘uda ekanlini ma’lum qilib, Twitter’da post qoldirgan.

“Vaziyat yuzasida qat’iy tergov o‘tkazib, bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralar ko‘rilishi haqida topshiriq berdim”, deya bildirgan Bosh vazir Xon.

Qayd etilishicha, oxirgi kunlarda Murri shahri hududiga 100 mingdan ortiq avtomobilda turistlar g‘ayrioddiy kuchli qor yog‘ishini tomosha qilish uchun kelishgan.