Ayni paytda holat yuzasidan vakolatli organ xodimlari surishtiruv ishlari olib bormoqda. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Joriy yilning 3-yanvar kuni soat 09:00 chamasida Farg‘ona shahar Al-Farg‘oniy va Temiryo‘lchilar ko‘chalari kesishgan chorrahada jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi sudyasi M. U. ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

M. U. boshqaruvidagi “Nexia-2” va yo‘l transport hodisasining yana bir ishtirokchisi X. A. boshqaruvidagi “Nexia-3” avtotransport vositalari shikastlangan. Ikki tarafdan ham og‘ir bo‘lmagan tan jarohati olganlar bor.

Ayni paytda holat yuzasidan vakolatli organ xodimlari surishtiruv ishlari olib bormoqda.