Payshanba, 7-dekabr kuni Pokiston tarixida ilk bor ayol kishi Oliy sud raisligiga tayinlandi. Bu haqda TRT World xabar berdi.

Foto: BDNews24

Qayd etilishicha, sudya Oysha Malik 55 yoshda. 

“Mamlakatimiz tarixidagi muhim qaror bo‘ldi. Oysha Malik ajoyib yurist. U sudyalar hay’atining munosib a’zosiga aylanishiga shubha qilmaymiz”, degan mamlakat parlamentidagi yetakchi partiya (Tahriqi Insof) deputati Malika Boxariy.

Yangi lavozimga tayinlanishiga qadar Oysha Malik Lahor Oliy sudida faoliyat yuritgan.