Kosmik jurnalist Endryu Jons Xitoy lunoxodi olgan yangi suratlarni e’lon qildi. Bu haqda CNet xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Xitoyning “Yuytu-2” lunoxodi Oyda suratga olgan sirli obekt aslida xarsangtosh ekani ma’lum bo‘ldi.

Uning dastlabki surati dekabr boshlarida chop etilgan. Obyekt ko‘rinishidan uyni eslatardi. 

Kosmik jurnalist Endryu Jons Xitoy lunoxodi olgan yangi suratlarni e’lon qildi. Suratlar “sirli uy” aslida krater chetida joylashgan xarsangtosh ekanini ko‘rsatdi.

“Yuytu-2” 2019-yilda Fon Karman krateri joylashgan hududga qo‘ngan bo‘lib, u Oyning orqa tomoniga yetib kelgan birinchi lunoxod hisoblanadi.